Ajratilgan mablag‘ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha o‘rta o‘lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektrobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun ma’muriy binolar va texnik xizmat ko‘rsatish obektlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.  
  
Bu - “Samarqand - yashil shahar” harakat rejasidagi birinchi loyiha bo‘lib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadam.