Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolandi
Temiryo‘l qurilsa, Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropagacha yo‘l taxminan 900 km, yuk tashish muddatlari esa 1 haftaga kamayadi. Bu yo‘ldan yiliga 12-15 million tonna yuk tashilishi mumkin.
Bugun, 18 may kuni Xitoyning Sian shahrida Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Transport vazirligi o‘rtasida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha keyingi bosqichlarni nazarda tutuvchi uch tomonlama hujjat imzolandi.
Tomonlar ayni paytgacha temiryo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslarini uch tomonlama qo‘shma baholash ishlarini amalga oshirdi. Keyinchalik ekspertiza o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imzolangan hujjat loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, qurilish loyihasini ishlab chiqish, investitsiyalar va moliyalashtirish modelini o‘rganish va aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Loyihaning amalga oshirilishi Sharqiy Osiyodan yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan yo‘lni taxminan 900 km, yuk yetkazib berish muddatlarini esa 7-8 sutkaga kamaytiradi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
11:55 / 04.06.2026