Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dakkada O‘zbekiston-Bangladesh siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya 18-19 may kunlari O‘zbekiston va Bangladesh tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasida ishtirok etish uchun Dakka shahriga tashrif buyurdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, maslahatlashuvlar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Turizm va to‘qimachilik sohalarida hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik sub’yektlari, Savdo-sanoat palatalari, to‘qimachilik uyushmalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Muzokaralar kun tartibidan parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi muloqotni faollashtirish masalalari ham o‘rin oldi.

Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025