Ekspert voqealarni tasvirlaşda köplab kamçiliklar va nomuvofiqliklar borligini aytib, harbiy texnikalar şu joyga sudrab olib kelingani, çuqurlarga taşlab, piar uçun çiroyli suratlarni olişganini taxmin qilgan.
Foto: RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETAFoto: RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETA
23 may kuni Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod oblastida «Ukraina harbiy tuzilmalari qaqşatqiç mağlubiyatga uçragani va 70 nafar terrorçi yöq qilingani» haqida xabar berdi.
RF mudofaa vazirligiga aloqador bölgan «Zvezda» telekanali göyoki qöporuvçilar mağlubiyatga uçragan joydan videoni e’lon qildi: zararlangan, qisman yonib ketgan, oynalari öqdan ilma-teşik bölgan maşinalar, aftidan, «Grayvoron» nazorat punkti yonida turibdi.
Öz navbatida, avvalroq Belgorod oblastidagi janglarda iştirok etganini e’lon qilgan «Rossiya köngillilar korpusi» öz safida «yöqotişlar bölmagani»ni aytmoqda. Şuningdek, janglarda iştirok etgan «Rossiyaga ozodlik» legioni ruslarning bir neça zirhli texnikasini yöq qilgani va Rossiya armiyasi rotasini «demilitarizatsiya» qilgani haqida xabar berdi.
22 may kuni Belgorod oblasti hududiga diversantlar bostirib kirgani haqida ma’lum bölgandi. Rossiya rasmiylari aksilterror operatsiyasi rejimini joriy etdi. Ukraina tomonida jang qilayotgan köngillilardan tuzilgan «Rossiyaga ozodlik» legionining ma’lum qilişiça, ular «Rossiya köngillilar korpusi» bilan birgalikda «Belgorod oblastidagi Kozinka aholi punktini ozod qilgan» va Grayvoronga ham jangçilari kirib borgan. Rossiya harbiylari va çegaraçilari diversantlar bilan jang qilgan, hududga katta kuçlar va zirhli texnika olib kirilgani ham ma’lum qilindi.
Çegara hududlarida sodir bölayotgan voqealarni tasvirlaşda köplab kamçiliklar va nomuvofiqliklar bor.
Uruş şaroitida Rossiya mudofaa vazirligi, «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legioni vakillarining bayonotlarini tekşirişning iloji yöq.
«Nastoyaşçeye Vremya» naşri «Novaya gazeta. Yevropa» harbiy şarhlovçisi Georgiy Aleksandrov bilan suhbatlaşdi, u Rossiya mudofaa vazirligining Belgorod oblastidagi voqealarga oid versiyasida nima notöğri va şubhali ekanini tuşuntirgan.
«Umuman olganda, menda bularning barçasi sahnalaştirilgandek taassurot qoldirdi: ular bu jiplarni şu joyga sudrab olib kelişgan, çuqurlarga taşlab, piar uçun çiroyli suratlarni olişgan», deydi u.
— Keça Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod oblastida 70 diversant öldirilganini e’lon qildi. Biroq, heç qanday dalil keltirilmagan. Şaxsan siz mudofaa vazirligining bu bayonotiga işonasizmi?
Mavzuga oid
— Rostini aytsam, men Rossiya mudofaa vazirligi bayonotlariga umuman işonmayman. Rossiya harbiy boşqarmasi vakillari yolğon faktlar bilan qölga tuşgan vaziyatlar juda köp bölgan.
70 kişi öldirilgani haqida gapirsam, internetda bir neça jasad yonma-yon turgan fotosurat juda yomon sifatda körsatilgan: na yuzi, na forma belgilari köringan. Biroq, ular kiygan forma Rossiya hududiga kirgan «Rossiya köngillilar korpusi» (RKK) jangçilari formasiga mos kelmasligi aniq. RKK ham öz telegram-kanalida suratlardagi formalar boşqaça ekanini yozdi. Suratga olişdan oldin jasadlar boşqa formaga kiyintirilgani dargumon.
Bundan taşqari, harbiy texnikalar fotosuratlarida qon izlari yöq. Qoidaga köra, kuçli öqqa tutilgandan söng, joylarda juda katta çuqurlar, jasad qoldiqlari bölişi kerak. Umuman olganda, bularning barçasi sahnalaştirilgandek taassurot qoldirdi: ular bu jiplarni şu joyga sudrab olib kelişgan, çuqurlarga taşlab, piar uçun çiroyli suratlarni olişgan.
— «Zvezda» telekanali tarqatgan videoda «Za Baxmut» (Baxmut uçun) degan yozuvlar maşinalarga maxsus yozilgandek tuyulmoqda.
— Ular kuygan böyoq ustiga yozilgan. Körinib turibdiki, bu sözlar maşinalarni şu joyga olib kelganlar tomonidan yozilgan.
— «Novaya gazeta. Yevropa» manbalari Belgorod oblastidagi «tozalaş operatsiyasi»ga köplab jangçilar jalb qilingani haqida xabar berdi. Bu haqda nimalarni bilasiz?
— Mutlaqo töğri. Aslida, vaziyat ança murakkab edi. Çegaraçilarning kiçik otryadi çegaradan ötganlarni tösişda muvaffaqiyat qozonmadi. Keyin motoöqçilar otryadi çaqirildi. Ular yaxşi qurollanmagan yoki umuman qurollanmagan bölişi mumkin. Tabiiyki, ular yaxşi qurollangan guruhga qarşilik qila olmadi. Keyin bir neça ming kişi va harbiy razvedkaning maxsus kuçlari çaqirildi. Manbalarimga köra, «Alfa» va «Vimpel» maxsus kuçlari Moskvadan Belgorodga yetib kelişdi va tunda ma’muriy binolarda ötirgan RKK jangçilariga hujum qilişi közda tutilgandi. Ammo RKK kimnidir garovga olişga yoki uzoq vaqt u yerni uşlab turişga harakat qilmadi. Tuşunişimça, FXX hatto janglarda alohida iştirok etmadi.
— Şunday qilib, Rossiya xavfsizlik kuçlari RKK a’zolariga qarşi kuraşga minglab odamlarni jalb qilganmi?
— Bir neça ming kişini. U yerda bir neça halqa taşkil etilgan. Kengroq halqaga yaxşi qurollanmagan motoöqçilar joylaştirilgan. Tor halqa qişloqlar atrofida taşkil etilgan, u yerda Boş ştab maxsus kuçlari bölgan.
— «Rossiya köngillilar korpusi»ning qança jangçisiga qarşi jang bölgan?
— Bunday ma’lumot yöq. Tuşunişimça, bir neça önlab. 10 dan ortiq texnikalar çegaradan ötgan. Texnikalar böş emas edi, ya’ni bir neça önlab kişini öz içiga olgan. Ehtimol, ularning soni yuzdan ortiq bölgan, çunki mahalliy aholi 100-150 kişilik guruh haqida gapirmoqda. Ammo qörquvning közlari katta, mahalliy aholi çalğişi mumkin, albatta.
Şu bilan birga, butun operatsiyada 300 dan ortiq odam iştirok etgani haqida ma’lumotlar bor, jumladan Ukraina manbalarida.
— Mudofaa vazirligi ta’kidlaganidek, «Rossiya köngillilar korpusi»ning barça jangçilari çekinganmi yoki yöqmi, endi aniqlay olmaymizmi?
— RKK telegram-kanalida ular qandaydir texnikada, qölga olingan zirhli transportyorda qanday harakatlanayotgani körsatilgan. Va ular heç qanday yöqotiş bölmaganini aytişadi. Ularga qançalik işoniş mumkinligini aytiş qiyin. Uruşda kim haqiqatni aytadi? Ammo ular ma’lum miqdordagi texnikani qölga kiritişdi. Keling, ba’zi haqiqiy dalillar taqdim etilmagunça, bu ma’lumotlarning barçasini tekşiriş qiyin, deb hisoblaymiz.
— «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legioni tomonidan tarqatilgan bu videolarning katta qismini tekşiriş qiyin, çunki köpinça ularda heç qanday identifikatsiya belgilari yöq. Sizningça, «Rossiya köngillilar korpusi»ning bu operatsiyasi qanday amalga oşdi? Bilaman, siz Rossiya va Ukraina çegarasida bölgansiz, ammo 2022 yil 24 fevraldan keyin Rossiya hukumati u yerda mudofaani kuçaytirmagan bölib çiqmoqdami?
— Men ança oldinroq bölganman. 2014 yilda men qandaydir yöl bilan Rossiya va Ukraina örtasidagi çegarani kesib ötdim. Bilişimça, çegara bilan boğliq vaziyat taxminan özgarmagan. Çegara amalda nazorat qilinmaydi, çegaraçilar faqat nazorat-ötkaziş punktida turişadi, ya’ni ular amalda faqat pasportlarni tekşirişadi va avtomobillar uçun tösiqni oçişadi. Heç qanday joyda nazorat çiziqlari yöq, heç qanday tösiq yöq. Aslida, çegara butunlay oçiq. Nega harbiylar buni yopmagani men uçun katta sir.
Aslida, RKK jangçilari çegarani bir neça bor kesib ötgan – 2 mart, 6 aprel kunlari – qandaydir harakatlarni amalga oşirgan. Ba’zi ma’lumotlarga köra, şunday töqnaşuvlardan birida hatto çegaraçi ham halok bölgan. Şuning uçun bu juda jiddiy tahdid ekani ayon edi. Lekin heç qanday çora körilmadi. Körinib turibdiki, Rossiyada har doimgidek: xöroz qiçqirmagunça, heç kim çöqinmaydi.
— Ukrainadan Rossiyaga çegara orqali ötiş osonmi?
— Ikkala yönalişda ham kesib ötiş juda oson edi. Çegara umuman yöq edi. Men özim borib, Rossiya çegaraçilariga taslim böldim. Ular ham ança vaqtgaça men bilan şuğullanişni xohlamay turdi. Çegara mutlaqo böş edi, heç qanday çiziqlar va tösiqlar yöq edi.
— Qanday qilib Rossiya uşbu mudofaa çiziğini hujumga uçragan aholi punktlaridan ham uzoqroqqa qurdi?
— Bilişimça, bu qadar köp gapirilgan tösiqlar (qiymati deyarli 10 milliard rubl) haqiqatan ham jangovar harakatlar sodir bölgan çegaradan uzoqroqqa örnatilgan. Ular Rossiyaning öşa qismini, heç bölmaganda xayollarida bölsa ham bosqinçilar oyoqosti qilişi uçun tark etgani aniq.