Jahon | 09:36 / 31.05.2023
4457
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Ukrainadagi tibbiyot muassasalariga mingdan ortiq hujumni qayd etdi

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tibbiyot muassasalariga 1000 ta hujumni qayd etgan. 

Foto: AA

Seshanba kuni Jyenevada BMT agentligi ma’lum qilishicha, bu humanitar favqulodda vaziyatda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Bunday hujumlar natijasida o‘n minglab odamlar tibbiy yordam olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan beri JSST tomonidan tasdiqlangan 1004 ta hujumda kamida 101 nafar xodim yoki bemor halok bo‘lgan va ko‘plab odamlar jarohatlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid