Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta masjidlardan biri ochildi
U bir vaqtning o‘zida 133 ming namozxonni sig‘dira oladi, shundan 43 ming namozxon masjid ichida, qolgani esa uning atrofida bo‘ladi.
8 iyun kuni Dushanbe shahrida «Imom A’zam» nomidagi jome’ masjidi ochildi.
Tantanali marosimda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy ishtirok etdi. Masjid loyihasini ishlab chiqishda Qatar davlati mutaxassislari ham ishtirok etgan edi.
Imomali Rahmon Qatar amiriga tojik milliy me’morchiligi durdonasini barpo etishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, loyihaning amalga oshirilishini ikki davlat hamkorligining eng yuksak namunasi deb atadi.
Bu Markaziy Osiyodagi eng katta masjidlardan biri bo‘ldi. U 12 gektar maydonda qurilgan, bino uch gektar maydonda joylashgan va uchta katta darvozaga ega. U bir vaqtning o‘zida 133 ming namozxonni sig‘dira oladi, shundan 43 ming namozxon masjid ichida, qolgani esa uning atrofida bo‘ladi.
Masjid ichida oltita keng sinfxona, mehmonlarni qabul qilish va majlislar zali, ikkita kutubxona, to‘qqizta o‘quv xonasi, uchta mehmonxona va texnik xona mavjud. Masjidni bezashga 6630 kub metr koshin va 2800 kub metr qora marmar sarflangan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024