Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston elchixonasiga tashrif buyurdi
12 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Baxtiyor Saidov Abay viloyatida sodir bo‘lgan kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
12 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston tomonining tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligi qayd etildi.
Mavzuga oid
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
09:10 / 03.07.2026