Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Foiz stavkalari oshishi mumkin, biroq mening siyosatim avvalgidek bo‘lib qolaveradi» - Rajab Toyyib Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Mehmet Shimshekning moliya vaziri etib tayinlanishi uning Vazirlar kengashidagi iqtisodiy siyosat o‘zgargani o‘laroq qabul qilmaslik lozimligini ta’kidladi.
Turkiya yetakchisining bu gaplari sobiq vazirning yana shu lavozimga tayinlanishi past foiz stavkalari siyosatining o‘zgartirilishi bo‘yicha kutilmalarning oshib borayotgani tufayli yangrab o‘tdi. Erdo‘g‘an ular «Markaziy bank bilan birgalikda qarorlar qabul qilayotgan»ni qo‘shimcha qilib, stavkalar oshirilishi mumkinligiga shama qildi, deb yozadi Yetkin Report.
«Prezident foiz stavkalari siyosatini jiddiy tarzda o‘zgartirish niyatida, deb xato xulosaga bormaslik kerak. Biroq, ayni damdagi xazinachilik va moliya vazirining o‘ylariga ko‘ra, biz albatta u Markaziy bank bilan birga qadam tashlashi kerakligiga rozi bo‘ldik. Biz inflatsiyani bir xonali sonlargacha tushirishga astoydil kirishganmiz. Bizda banklar bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Bank sohasi barqaror. Biroq hozir barcha ishlar moliyaviy menejmentni yanada kuchliroq qilishga qaratilgan», — deya jurnalistlarning savollariga javob bergan Erdo‘g‘an 13 iyun kuni Ozarboyjondan uchoqda qaytayotganida.
Erdo‘g‘an «past foiz stavkalari»ga sodiq
Turkiya jumhuriyati markaziy banki (TJMB) mamlakatda inflatsiya darajasi jadal o‘sib borayotganiga qaramasdan asosiy foiz stavkasini past darajasida ushlab turish siyosatiga sodiq qolmoqda. Erdo‘g‘an anchadan buyon «foiz stavkalari inflatsiya chaqiradi», degan tezisni qat’iy ishonch bilan himoya qilib, import hisobiga o‘sishni rag‘batlantirish uchun kichik direktiv stavkalarni qo‘llab keladi. Buning oqibatida turk lirasining qurbi xorijiy valutalarga nisbatan tushib bormoqda, Markaziy bankning valuta zaxiralari esa tarixiy minimumgacha tushgan.
Markaziy bankning Erdo‘g‘an siyosatiga loyalligi uning mustaqilligi borasidagi tanqidlarni keltirib chiqarmoqda. Boz ustiga, o‘tgan 4 yil ichida prezident Markaziy bank boshqaruvchilarini 5 marta almashtirdi.
Sobiq moliya vaziri Shimshek bunday pul-kredit siyosatiga qarshi chiqqani ma’lum, uning Vazirlar kengashiga qaytarilishi Ero‘g‘anning iqtisodiyotdagi qat’iy siyosiy ritorikasini yumshatishi mumkinligi borasidagi kutilmalarni keltirib chiqardi.
«Men bosh vazir bo‘lib ishlaganimda, biz inflatsiyani bir xonali sonlargacha tushirganimiz: foiz stavkasi 4,6, inflatsiya esa 6,2 foizni tashkil etgan edi. O‘shanda bu natijaga birgalik erishgan edik. Hozir ham buni birga amalga oshirishimiz kerak. O‘shanda biz «kichik foiz, past inflatsiya» nazariyasi bilan ishlaganmiz.
Hozir ham men shu tushuncha bilan ishlamoqdaman va shu yo‘l bilan maqsadga erishishimizga ishonaman», — degan Erdo‘g‘an, o‘zining past foiz stavkalari siyosati bo‘yicha pozitsiyasi aslo o‘zgarmaganini bildirib qo‘yib.
U nimani nazarda tutdi?
Erdo‘g‘an moliyaviy sektorda resurslar axtarishda davom etishlarini ta’kidlagan.
Turkiya yetakchisining bu ta’kidlari Markaziy bank qo‘mitasining 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan pul-kredit siyosati bo‘yicha yig‘ilishi oldidan foiz stavkasini oshirishga «yashil chiroq» yoqilgani yanglig‘ qabul qilindi.
Biroq, Erdo‘g‘an Markaziy bank Shimshekka inflatsiyani jilovlashda yordam berish uchun foiz stavkasini oshirishi mumkinligini ta’kidlar ekan, bu uning shaxsiy iqtisodiy siyosati o‘zgarganini anglatmasligini ham bildirdi.
Shu vaqtning o‘zida Shimshek Markaziy bank ustidan hukmronlikka ega ekanligini ta’kidlab, Gaya Erkanning Markaziy bank boshqaruvchisi etib tayinlangani TJMBning mustaqilligini bildirmasligini ham aytgan
Shunday qilib, bir paytlar Markaziy bank boshqaruvchisi bo‘lgan Shahob Kavjio‘g‘lining Erdo‘g‘an tomonidan BRSA rahbari etib tayinlanishi ham o‘ziga xos ma’noga ega. Erdo‘g‘an «Shimshek xazinachilik va Markaziy bankka javob beradi, men esa iqtisodiyotning jilovini o‘z qo‘limda ushlab turaman», degan.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026