Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023/2024 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
Bu yil 1-sinflarga 2016 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich mikro-hudud doirasida (20 iyun – 31 iyul), 2-bosqich mikro-hududdan tashqarida (1 - 15 avgust).
43 ta tuman va shaharda (.pdf) qabul jarayonlari elektron shaklda, davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, ota-onalar 20 iyun soat 12:00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.
Qolgan joylarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul amalga oshiriladi. 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimiga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Bu yil 1-sinflarga 2016 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
2023/2024 o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘yicha 730 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.