O‘zbekiston | 07:36 / 05.07.2023
5958
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiyaning qo‘riqlash-patrul xizmati tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, yuzaga kelayotgan kriminogen va ijtimoiy vaziyatga tezkor ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlariga qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etish borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurati yuzaga kelgan.

Qaror loyihasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ixtiyoriy ravishda tuzilgan shartnomalarga asosan belgilangan hududlarda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining qo‘riqlash-patrul xizmati faoliyatini tashkil etish, naryadlar xizmatini tashkillashtirish va ularning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini tartibga soladi.

Qo‘riqlash-patrul xizmati tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan hududda jamoat tartibini saqlaydi, jamoat xavfsizligini ta’minlaydi va shu hududda tegishli obektlarni qo‘riqlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid