Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qora dengizdagi Ukraina portlariga ketayotgan barcha kemalarni harbiy deb hisoblaydi
Bu amalda Ukrainaning dengiz blokadasini anglatadi.
Foto: AFP
Rossiya Mudofaa vazirligi 20 iyul soat 00:00 dan boshlab «g‘alla bitimi» tugatilishi munosabati bilan Qora dengizda Ukraina portlariga ketayotgan barcha kemalarni ehtimoliy harbiy yuk tashuvchi sifatida ko‘rib chiqadi. Bunday kemalarning bayroqli davlatlari Ukraina tomonidagi urushda qatnashgan hisoblanadi.
Rossiya bunday kemalarga zarba beradimi yoki ularni qo‘lga oladimi, Mudofaa vazirligi bunga aniqlik kiritmagan.
Shuningdek, Qora dengiz xalqaro akvatoriyalarining shimoli-g‘arbiy va janubi-sharqiy qismidagi bir qator hududlar navigatsiya uchun vaqtincha xavfli deb e’lon qilindi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17 iyul kuni «g‘alla bitimi» to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Bunga bitimdagi Rossiya manfaatlarini ko‘zda tutuvchi shartlar bajarilmagani sabab qilindi.
Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT ishtirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina g‘allasi asosan Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib berildi.
Mavzuga oid
15:01
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
11:05
Ukraina: Chernobil atom elektr stansiyasi energiya tizimiga ulangan
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026