Germaniya ta’lim vaziri Xitoydan josuslik tahdidi haqida ogohlantirdi
Vazir Xitoydan davlat stipendiyasi hisobidan moliyalashtirilgan talabalarni qabul qilishdan bosh tortgan Bavariya universiteti tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Germaniyadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari Xitoydan davlat stipendiyasi oluvchilar tomonidan ehtimoliy josuslikdan himoyalanishi kerak, dedi Germaniya ta’lim vaziri Bettina Shtark-Vatsinger 29 iyul, juma kuni.
«Xitoy ilm-fan va tadqiqotlarda tobora ko‘proq raqobatchi va tizimli raqibga aylanib bormoqda», dedi vazir Erlangen hamda Nyurnbergdagi Fridrix-Aleksandr nomidagi universitet (FAU)ning yondashuvini yuqori baholab.
1 iyundan boshlab FAU faqat Xitoy stipendiyalar kengashi (CSC) tomonidan moliyalashtiriladigan bakalavriat va magistratura talabalarini qabul qilmaslik haqida qaror qabul qildi, deb yozadi dpa. Shtark-Vatsinger stipendiyani «Xitoyning strategik vositasi» deb atadi, bu orqali XXR chet elda bilim olish orqali texnologik bo‘shliqlarni yopishga harakat qilmoqda.
«FAU qarori, shuningdek, boshqa institutlarni CSC bilan hamkorlik munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga undashi kerak. Bu erda ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va vositachi tashkilotlar akademik erkinlik bilan bog‘liq mas’uliyatga ega», dedi u.
Mavzuga oid
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:54 / 16.11.2024
T-Mobile uyali aloqa operatori xitoylik hakerlar hujumiga uchradi – OAV
16:48 / 16.11.2024
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
14:22 / 16.11.2024