Özbekistonda jiddiy oqibatlar bilan boğliq yöl-transport hodisalari sonini 2030 yilgaça kamida 50 foizga kamaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu – muhokama uçun e’lon qilingan Özbekiston–2030 strategiyasi loyihasida körsatilgan.
Strategiyani 2023 yilda amalga oşiriş çoralari töğrisidagi qaror loyihasiga köra, 2024 yilda jiddiy oqibatlar bilan boğliq YTHlar sonini 10 foizga kamaytiriş közda tutilgan.
Loyihalardan 2023 yil uçun maqsadli körsatkiç örin olmagan. Fevral oyida Yöl harakati xavfsizligi xizmati öz oldiga 2023 yilda YTHlar va ulardagi ölimlar sonini 15 foizga kamaytirişni maqsad qilib qöygan edi. Lekin amalda buning aksi kuzatilmoqda.
28 iyul kuni prezident ötkazgan yiğilişda aytilgan raqamlarga köra, yilning 1-yarmida 4 mingga yaqin avtoavariyalar sodir etilib, ularda 873 kişi halok bölgan, 3,5 mingdan ortiq odam jarohatlangan.
Bu – ötgan yilgi körsatkiçlardan sezilarli yuqori. 2022 yilning 1-yarmida qayd etilgan 355 ta YTHda 784 kişi halok bölib, 2775 kişi jarohat olgandi.
Ötgan haftadagi yiğilişda prezident IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Olim Saidovga hayfsan berdi. Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boşliqlari lavozimidan olindi.












