Yunusobod tumani Boğişamol köçasida Malibu-2 avtomobili haydovçisi piyodalar ötiş joyida YTH sodir etişi oqibatida 17 yoşli ösmir vafot etdi. Kun.uz muxbiri hodisa tafsilotlarini örganib, marhumning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

Joriy yilning 27 iyul kuni poytaxtning Boğişamol köçasida Malibu-2 avtomobili haydovçisi inson ölimi bilan yakunlangan yöl-transport hodisasi sodir etdi. Hodisa soat 23:15 larda 131-uy qarşisidagi piyodalar ötiş joyida sodir bölgan. YTH oqibatida 17 yoşli Abdusamad Soliboyev vafot etdi. 

Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati boşliği Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilişiça, YTH sodir etgan avtomaşina boşqaruvida 2002 yilda tuğilgan fuqaro bölgan. Unga köra, guvohlar haydovçi belgilangan tezlikka amal qilmay harakat qilganini ta’kidlagan.

Ma’lum bölişiça, marhum maktabni şu yil tugatib, oliy ta’lim muassasalari imtihonlariga tayyorlanayotgandi. Öşa kuni u sport maşğulotidan uyiga qaytayotgan bölgan.

Foto: Kun.uz

Uning onasi öğli mehribon, döstlari bilan ahil-inoq bölganini aytdi.

«Imtihonlarga tayyorgarlik körayotgan edi. Ona, bu harakatlarim siz uçun, derdi. Juda mehribon edi, biror marta gap qaytarganini eslolmayman. Döstlari, taniş-bilişlari bilan ham ahil edi. Qöşnilarimiz ham közyoş tökyapti, çunki doim ularning ham hurmatini qilardi. IT kurslariga ham öqigandi, şu sohada ketmoqçi edi. 

Bizda piyodalarga e’tibor bermaydi, maşinaga ötirib olişsa böldi, yöl egasiman deb öylaşadi. Bir neça soniya ketadi-ku şu odam ötib ketişiga, töxtab turişsa nima qilarkan...», deya közi yoşlandi Dilnoza Soliboyevaning.

Voqea sodir bölgan hududda yaşovçi Şoira Yunusova Kun.uz bilan suhbatda mazkur piyodalar ötiş joyida baxtsiz hodisalar muntazam ravişda sodir bölişi, fuqarolar uşbu köçani kesib ötişga qörqişini aytdi.

«Köçaning öşa qismi svetofor qöyilib tartibga solinmagan. Maşinalar töxtasa ötolasiz, bölmasa, yöq. Bunday voqealar köp böladi, asosan, hayvonot boği yonida. Aksar holatda haydovçilar yoşlar böladi. Özim bilan ham xavfli holatlar bir neça marta bölgan», deydi Yunusova.