08:03 / 05.08.2023
3607

Davlat mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish tartibi belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi majlisida “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Foto: parliament.gov

Loyihada davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarida kimlar ishtiroki etishi hamda kimlarga mazkur jarayonda ishtirok etish taqiqlanganligi belgilangan. Davlat mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish tartibi, ya’ni, xususiylashtirish uslublari, ularni tanlash mezonlari, davlat mulkini auksionda xususiylashtirish, tanlov savdolarida xususiylashtirish, muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan xususiylashtirish, raqobatga asoslangan muloqot uslubida xususiylashtirish, birja savdolarida xususiylashtirish kabi jarayonlar aniq tartibga solinmoqda.

Loyihada xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish tartiblari, xususiylashtirilgan davlat mulkiga nisbatan mulk huquqining kafolati va uning himoya qilish mezonlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Top