MO beşligining an’anaviy maslahat uçraşuvidan oldin, Özbekiston, Turkmaniston va Tojikiston prezidentlari torroq doirada özaro gaplaşib olişga qaror qildi. Kun.uz suhbatlaşgan ekspertlarga köra, unda toliblar qurayotgan Qöştepa kanali, Aşxobod va Duşanbe ötgan yilgi muhim mintaqaviy bitimni imzolamagani, Tojikiston va Özbekiston Turkmanistonning tranzit salohiyatidan köproq foydalanişni istayotgani kabilar muhokama qilingan bölişi mumkin.

4 avgust kuni Aşxobodda Turkmaniston, Özbekiston va Tojikiston prezidentlari uçtomonlama sammit ötkazdi. Bunday noodatiy formatdagi sammit atrofida qator savollar yuzaga kelmoqda. Kun.uz bu savollarni siyosiy tahlilçilar Farhod Tolipov va Nargiza Umarovaga berdi.

— Nega bu uçraşuvda Markaziy Osiyoning faqatgina uç davlati iştirok etdi, mintaqaning barça davlatlari mavjud bölgan maslahat uçraşuvi formati ham ham bor edi-ku? Umuman olganda, bu sammit ham qandaydir tezkor taşkil qilindi yoki biz taşrifdan sanoqli kunlar qolganda xabardor bölganimiz uçun şunday tuyuldimi?

Farhod Tolipov: Rostdan ham favqulodda uçraşuv bölgandek taassurot qoldiradi. Çunki şundoğam sentabr oyida 5 ta davlat prezidentlarining uçraşuvi bor, öşa yerda ham 3 davlat rahbari alohida uçraşişi mumkin edi. Bu uçtomonlama uçraşuv haqida, mazmun-mohiyati haqida Taşqi işlar vazirligi tomonidan heç qanday e’lon bölmadi. Şuning uçun ham endi faqat taxminlarni keltiriş mumkin.

Uçraşuvdan söng OAVda nima masalalar kötarilgani haqida xabarlar böldi, lekin umumiy gaplar, ya’ni har doimgi masalalar. Töğri, Markaziy Osiyoda integratsiya davom etyapti, jipslaşiş kuçayyapti, lekin hamma joyda ham kiçikroq guruhlar, faqat ularga taalluqli masalalar böladi. Endi bu uç davlatni boşqalardan bölak nima birlaştiradi, degan savol qöysak böladi. Deylik, Amudaryo havzasi faqat şu uçala davlatga taalluqli. Afğoniston tomonidan Qöştepa kanali qurilişi vaziyatga ta’sir qiladi. Şu masala körilib, sentabrdagi sammitda örtaga taşlaşga tayyorlanişdir, degan taxmin ham bor. Bundan taşqari, energetika masalalari bor bu 3 davlat örtasida. Şu va şu kabi taxminlar yuzaga keladi bu uçraşuv atrofida.

Nargiza Umarova: Ekspertlar orasida bu kutilmagan uçraşuv sifatida qabul qilindi. Bilamizki, bunday uçraşuvlarga oldindan tayyorgarlik körilib, e’lon qilinadi. Bu uçraşuv aynan bir masala yuzasidan böldi deb öylamayman. Turliça fikrlar bor ekspertlar orasida. Farhod Tolipov aytgandek, Afğoniston masalasi ham asosli sabab böloladi. Uçraşuvda ayni uç mamlakat manfaatlariga töğri keluvçi masalalar kötarilgan, menimça. Qöşma bayonot va yakuniy hujjatda ham birinçi örinda xavfsizlik masalasiga urğu berilgan, bu ham Afğoniston bilan boğliq. Qöştepa kanali qurilişi ham oziq-ovqat xavfsizligiga aloqador. Mirziyoyev öz nutqida umumiy xavf-xatarlarga umumiy pozitsiyamizni ham şakllantiraylik, degan ma’noda gapirdi.