Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvi bu yil Dushanbeda o‘tkaziladi
Joriy yilning 14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Beshinchi yubiley Maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlari Tojikiston poytaxtida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini ta’sischi davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi ham bo‘lib o‘tadi. Sammit ishida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish uchun Tojikistonda keng qamrovli tayyorgarlik ishlari boshlangan, deyiladi O‘zA e’lon qilgan xabarda.
Kutilishicha, Beshinchi yubiley Maslahatlashuv uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolanadi. Sammit yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
10:18 / 25.05.2026