Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Kongressga Ukrainaga qo‘shimcha pul ajratish bo‘yicha so‘rov tayyorlayapti
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rov ustida ishlamoqda, bu so‘rov shu yilning kuzida Kongress tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin, deya xabar berdi CNN armiyaning xaridlar bo‘limi boshlig‘i Dug Bushga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘rovning tafsilotlarini Oq uyning budjet boshqarmasi tomonidan hali aniqlanishi kerak.
«Ammo men o‘ylaymanki, bizda juda kuchli ish bo‘ladi va biz Kongressdan keyingi moliyalashtirish – xususan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish va xaridini ko‘paytirish uchun yordam olishga umid qilamiz», dedi Bush.
May oyida Politico nashri Kongress tomonidan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun ma’qullangan 48 milliard dollardan bor-yo‘g‘i 6 milliard dollar qolganini ma’lum qilgandi.
Keyinchalik Pentagon Ukrainani qurollantirish uchun sarflagan mablag‘ni qayta hisoblab chiqdi va uni 6,2 milliard dollarga kamaytirdi, bu esa kamomadning oldini olishga yordam berdi, deya ta’kidlaydi CNN.
8 avgust, seshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 200 million dollar miqdorida harbiy yordam ajratilishini e’lon qiladi, deb xabar berdi Reuters AQSh rasmiylariga tayanib.
Bu harbiy texnika tannarxini hisoblashda buxgalteriya hisobidagi xatolik natijasida olingan 6,2 milliard dollarlik birinchi transhdir. May oyida Pentagon Kiyevga yetkazib berilgan qurollar narxini oshirib ko‘rsatganini e’lon qilgan va qayta sanash natijasida qo‘shimcha yetkazib berish ehtimoli haqida ogohlantirgandi.
Yangi paketga minalardan tozalash uskunalari, Patriot zenit-raketa komplekslari va Javelin tankka qarshi tizimlari uchun o‘q-dorilar, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun GMLRS reaktiv snaryadlari, shuningdek, boshqa jihozlar va o‘q-dorilar kiradi.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026