07:40 / 10.08.2023
6771

Toshkentda aholisi soni eng ko‘p tuman ma’lum qilindi

Poytaxtning doimiy aholisi soni 2 999 500 kishini tashkil qildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 1 iyul holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, shundan erkaklar soni – 1 mln 471 700 kishi, ayollar soni – 1 mln 527 800 kishi.

Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi. Eng kam aholi soni Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.

2023 yil 1 iyul holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:

  • Olmazor tumanida – 395 ming kishi;
  • Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi;
  • Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi;
  • Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi;
  • Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi;
  • Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi;
  • Yangihayot tumanida – 161 ming kishi;
  • Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi;
  • Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi;
  • Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi;
  • Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.
Top