Iqtisodiyot | 07:33 / 11.08.2023
1389
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 183 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshiryapti

O‘zbekiston 6 oyda 183 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSh dollariga yoki 19,4 foizga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 6 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSh dollari va import 17,0 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Mavzuga oid