Latviya bilan birga O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi bo‘yicha yangi magistratura yo‘nalishi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Riga texnika universiteti (RTU) Biotibbiyot muhandisligi va nanotexnologiyalar instituti direktori, professor Yuriys Dextyar bilan video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar O‘zbekistonda tibbiy va texnik mutaxassislar tayyorlash sohasida RTUning Biotibbiyot muhandisligi va nanotexnologiya instituti bilan amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
RTU O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalari asosida yaratilgan va jahon bozori talablariga javob beradigan innovatsion o‘quv dasturlari asosida tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash loyihasini amalga oshirish uchun 9 ta universitetdan iborat konsorsiumga qo‘shildi.
Loyihaning qiymati taxminan 0,51 million dollarni tashkil etadi. Moliyaviy manba - Ta’lim va madaniyat bo‘yicha Yevropa ijrochi agentligi. Amalga oshirish muddati 2023-2025 yillar.
Loyihada quyidagilar amalga oshiriladi:
- yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalardan foydalanish va boshqarish bo‘yicha talabga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tibbiyot muhandisligi bo‘yicha magistrlik dasturini O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish;
- magistrlar uchun 12 ta yangi ixtisoslashtirilgan treninglar o‘tkazish;
- 4 ta yangi o‘quv treninglari o‘tkazish;
- ommaviy ochiq onlayn treninglarga asoslangan 1 ta veb-platformada (Massive Open Online Courses-MOOCS) o‘quv materiallarini joylashtirish;
- 7 ta talaba laboratoriyasini (universitetlar qoshida) tashkil etish;
- 3 ta hududiy malaka oshirish markazlarini (Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida) yaratish;
- Tibbiyot muhandislari jamiyatini tashkil etish.
Har yili 80 nafar magistrlar yangi dastur bo‘yicha tahsil oladi, o‘quv markazlarida 200 dan ortiq texnik mutaxassis (shu jumladan ishsizlar) tayyorlanib, malakasini oshiradi.
Dastur texnik ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavrlarga ham, asosiy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lganlarga ham mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09 / 02.04.2025
Mavzuga oid

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

20:07 / 18.03.2025