Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasini rivojlantirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarini Sloveniyaga ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Sloveniya tomoni O‘zbekiston shifokor va hamshiralarini mamlakatdagi tibbiy muassasalarga ishga jalb qilishga qiziqish bildirdi.

Hukumatlar o‘rtasidagi kelishuvlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida Migratsiya agentligi va Sloveniya Bandlik xizmati o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

Tomonlar O‘zbekiston mutaxassislarini Sloveniyaga ishga yuborish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma "Harakatlar rejasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Mazkur hujjat asosida sloven tomoni mamlakatda Sloveniyada ishga joylashish, mutaxassislarga qo‘yilgan talablar va litsenziya olish shartlariga bag‘ishlangan tashviqot tadbirlarini tashkil qiladi.