Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoşli Hojiakbar Qirğizov dalada işlayotib yiqilib tuşadi va şu kuniyoq tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinadi. Tekşiruvga köra, çap oyoq son qismi singani aniqlanadi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlanib, bemor ikkinçi marta yana jarrohlik amaliyotini ötaydi. Bu gal Farğonadan mutaxassis çaqiriladi. Biroq amaliyot yana kutilgan natija bermaydi. Şifoxonaga singan oyoğini hisobga olmaganda soppa-soğ, yaxşi kayfiyatda kirib ketgan bemor ahvoli oğirlaşib, komaga tuşib qoladi va bir neça kundan keyin joni uziladi.
Kun.uz muxbiri ölim holati bilan boğliq hodisani örganiş uçun Pop tumanida bölib marhum Hojiakbar Qirğizovning yaqinlari va bemorni operatsiya qilgan şifokorlar bilan suhbatlaşdi.

Hojiakbar Qirğizov 1989 yilda tuğilgan. 3 nafar farzandning otasi. “Qirğizboy ota asalariçi” fermer xöjaligini boşqarib kelgan. Namangan viloyati Pop tumanining Çinor mahallasida istiqomat qilgan.

Ma’lum bölişiça, u şu yilning 13 mart kuni dalada mineral öğit yuklayotib yiqilib tuşadi va şu kuniyoq Pop tumani tibbiyot birlaşmasining şoşilinç qabul bölimiga olib kelinadi. Unga çap oyoği son qismi suyagini sinişi taşxisi qöyiladi. Marhumning otasi Muhammadjon Qirğizov bemor öğlini avvaliga tuman şifokorlariga işonmay viloyat markaziy şifoxonasiga olib bormoqçi böladi.


Biroq şu tumanning travmatologi Ikromjon Xöjanazarov jarrohlik amaliyoti yengil ötişi va bunday holatdagi jarohatlar operatsiyasi ular uçun juda oson keçişiga otani işontiradi.
Oxir-oqibat Pop tuman şifoxonasi travmatologi Ikromjon Xöjanazarov va tuman tibbiyot birlaşma boşliğining davolaş işlari böyiça örinbosari Bunyod Yunusovlar jarrohlik amaliyotiga boş-qoş bölişadi. Bunyod Yunusov singan oyoqqa temir qöyiş uçun bemor yaqinlaridan 1 000 AQŞ dollari söraydi. Söragan pulni Bunyod Yunusovga bemorning ukasi Ahmadjon Qirğizov olib borib beradi. Bundan taşqari şifokorlar marhum Hojiakbar Qirğizovning yaqinlaridan yana 200 AQŞ dollari söraşadi. Keyingi söralgan pul ham beriladi.
























