Boş prokuratura huzuridagi departamentning Toşkent şahar boşqarmasi, DXX va bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Unda, Toşkent viloyati Qibray tumani “Baytqörğon” QFY hududidagi xonadon közdan keçirilganida noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqaro E.N. uşbu xonadonda xorijda işlab çiqarilgan, tegişli hujjatlari bölmagan Özbekiston hududida sotiş, taşiş, saqlaş va tibbiyot amaliyotida qöllaş taqiqlangan tibbiyot buyumlarini sotiş maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd sömlik 25 turdagi 16 780 dona tibbiyot buyumlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












