Piyoda yuriş insonning umumiy salomatligi, jismoniy faolligini uşlab turişda oson, samarali usul hisoblanadi. Odam öziga töğri keladigan qadamlar sonini aniqlab olişi uning maqsadlari, turmuş tarzi, soğliğiga boğliq. Xöş, salomatlik va jismoniy holatni saqlab turiş uçun piyoda qança yuriş kerak?

JSST tavsiyalari

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 18—64 yoş oraliğidagilarga haftasiga örtaça 150 daqiqa intensiv jismoniy faollikni tavsiya qiladi. Buni bemalol kunlik 30 daqiqadan haftaning 5 kuniga bölib yuboriş mumkin. 

Bunday yondaşuv orqali yurak-qon tomir tizimi mustahkamlanişi, turli kasalliklar rivojlaniş xavfini kamaytirişga erişiş mumkin. Şuningdek, soğlom turmuş tarzini saqlaşga ham kömak beradi.

Yuqori darajadagi intensiv jismoniy maşğulotlar uçun esa haftasiga 75—150 daqiqadan kam bölmagan vaqt ajratiş tavsiya etiladi.

10 000 qadam normami?

Faollikni saqlab turiş uçun «kuniga 10 000 qadam» konsepsiyasi maşhurlikka erişgan. Biroq bu hamma uçun birdek qat’iy norma hisoblanmaydi.

Qadamlar soni odamning boşlanğiç faolligi, maqsadlari, jismoniy imkoniyatlariga boğliq bölişi mumkinligini unutmaslik kerak. Sönggi tadqiqotlarga köra, salomatlikni saqlaş uçun 10 000 qadam bosiş şart emas, kamroği ham yetarli.

Individual yondaşuv

Odam öziga kunlik qança qadam kerakligini aniqlaşda yuqorida ta’kidlanganidek, ehtiyoj va maqsadlardan kelib çiqiş kerak.

Maqsad umumiy faollik, salomatlikni saqlaş bölsa, «haftasiga 150 daqiqa» tavsiyasiga amal qiliş kifoya. Agar maqsad oziş, jismoniy holatni yaxşilaş bölsa, köproq faollik joiz.

Sekin-asta köpaytiriş

Agar doimiy piyoda yuriş odat qilinsa, qadamlar sonini sekin-astalik bilan köpaytirib boriş kerak. Birdan faollikni oşirib yuboriş tez çarçaş, hatto jarohatlarga ham olib kelişi mumkin.

Kunlik yurişdan qanday foyda bor?

Kunlik qadamlar sonining köpayib borişi soğliq uçun qöşimça foyda berişi mumkin. Jumladan, yurak kasalliklari xavfining kamayişi, vaznni me’yorda uşlaş, muşaklar mustahkamligi va kayfiyatning kötarilişiga sababçi böladi.