«Soğlom turmuş tarzi» (1hls.uz) platformasida avgust oyi yakunlariga köra ğoliblar ma'lum qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Ötgan oy davomida respublika böyiça tumanlar kesimida 203 ta ğolib aniqlangan. Uçta tuman aholisi esa haligaça platformadan foydalanişmagan. Ğoliblarga umumiy hisobda 68 million 900 ming söm mablağ tölab berilgan.

Respublika miqyosida toşkentlik Toirov Uluğbek ğolib bölgan, u qariyb 2,2 million qadam yurib 1 million 800 ming söm yutib olgan. E'tiborli tomoni, Toşkent şahar Yaşnobod tumanida istiqomat qiluvçi 34 yoşli Toirov iyul oyida ham ğoliblikni qölga kiritgandi.

Ma'lumot uçun, joriy yilning 10 mayidan boşlab yuriş va yugurişni keng tarğib qilişga qaratilgan «Soğlom turmuş tarzi» (1hls.uz) platformasi test rejimida işga tuşirilgan bölsa, 1 iyundan boşlab rasman faoliyat körsatişni boşladi.

Uşbu platformada iyun oyi yakunlariga köra, Toşkent şahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi Timur Rafikoviç Axmadullin ğolib deb topilib, 1 million söm miqdoridagi pul mukofotini qölga kiritgandi.

Platformada 18 yoşdan oşgan fuqarolari piyoda yuriş va yuguriş ilovasidan foydalanib, öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişi hamda özlariga tegişli mukofot pullarini qölga kiritişlari mumkin.

Platforma orqali amalga oşiriladigan tölovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga tatbiq etilgan yiğimdan olinişi közda tutilgan.