Soğlom böliş uçun kuniga 10 ming qadam yuriş köpçilik uçun amalga oşiriş qiyin bölgan sehrli raqamday tuyulişi mumkin. Lekin olimlar soğlik uçun foydali bölişiga 5 ming qadamdan kami ham yetarli bölişini aniqlaşdi.
Dunyo böylab 226 ming iştirokçi qatnaşgan yangi tadqiqotda 4 ming qadam har qanday sababga köra sodir böladigan bevaqt ölim xavfini kamaytiriş uçun yetarli ekanini aniqlandi. Yurak va qon tomirlariga foydali bölişi uçun 2,3 ming qadam ham yetarli böladi. Lekin qança köp yurilsa, şunça soğlik uçun foydani seziş mumkin, demoqda tadqiqotçilar.

4 ming qadamdan boşlab to 20 ming qadamgaça har ming qadam erta ölim xavfini 15 foizgaça kamaytirib boradi.
Polşaning Lodz universiteti va AQŞning Jon Hopkins tibbiyot universitetlari jamoalari insonning yoşi, jinsi va qayerda yaşaşidan qat’i nazar piyoda yurişdan oladigan foydalarini tadqiq qilib körişdi.
Lodz universiteti professori Matsey Banaxning aytişiça, garçi davolovçi preparatlar soni köpayib borayotgan bölsa-da, ular soğlik uçun yagona himoya vositasi bölolmaydi.
"Men işonamanki, biz har doim turmuş tarzimizdagi özgarişlarga: diyeta va jismoniy harakatga e’tiborli bölişimiz kerak. Ular tahlillarimiz qanday bölişining eng asosiy körsatkiçlari hisoblanadi, yurak-qon tomir kasalliklarini kamaytiriş va uzoq yaşaşda samarasi katta", deydi Matsey Banax.

Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, yetarliça jismoniy harakat qilmaslik har yili 3,2 mln erta ölimga sabab böladi. Bu — dunyoda eng köp uçraşi jihatdan törtinçi örinda turadigan ölim sababi hisoblanadi.
Fitnes murabbiyi Hani Faynning ta’kidlaşiça, bir joyda köp ötiriş metabolizmni sekinlaştiradi, muşaklar ösişi va ularning kuçiga ta’sir qiladi. Bu esa muşaklarda oğriq va açişişlar paydo bölişiga olib keladi.
"Bir joyda köp ötiriş turli xil beloğriqlarga olib keladi. Ofisda köp ötiradigan odamlarning beli stressli tarzda doimiy bir xil holatda böladi. Bu esa keyinçalik muammoli holatlarga olib kelişi mumkin", deydi u.

















