Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘zgardi
Elmurod Tursunov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri etib tayinlandi.
U 2020 yilning mart oyidan buyon Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Saylaubay Mambetkadirov o‘rnini egalladi.
Elmurod Tursunov 1983 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2006—2007 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007—2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
17:45 / 18.02.2026
O‘ta og‘ir jinoyatlarni hakamlar hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yiladi
18:46 / 08.09.2025
O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
13:37 / 03.09.2025