Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasining ma’lum qilişiça, «Tajyen» (Özbekiston Respublikasining «Dovut ota» çegara bojxona postiga tutaş) çegara ötkaziş punkti orqali jismoniy şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan oşmaydigan yuk avtomobillari harakati böyiça joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan çeklovlar 2025 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.
Muddatning uzaytirilişi mazkur ötkaziş punktlarida ikkinçi bosqiç quriliş işlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlaş hamda yöl qoplamalarida betonlaş işlari olib borilayotgani bilan boğliq.
Ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillari «Tajyen» (Qozoğiston) – «Dovut ota» (Özbekiston) çegara ötkaziş punkti orqali harakatni amalga oşirişi mumkin.
Qömita jismoniy şaxslar uçun «Qoraqalpoğiston» temiryöl ötkaziş punkti orqali «Nukus-Beyneu» yönalişida qöşimça yölovçi poyezdlari qatnovi yölga qöyilganini bildirdi.
Mazkur nazorat-ötkaziş punktlari orqali harakatlaniş postni rekonstruksiya qiliş uçun 1 fevraldan uç oyga töxtatilgandi. Keyinroq jarayon 1 sentabrgaça uzayişi ma’lum qilingandi.









