Avstraliya tub aholi huquqlari bo‘yicha tarixiy referendumni o‘tkazadi
Avstraliyaliklar 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda «Tub aholi ovozi»ni parlamentga joriy qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Foto: EPA
Agar masala ma’qullansa, aborigenlar va Torres bo‘g‘ozi orollari aholisi huquqlari mamlakat Konstitutsiyasida tan olinadi va ular uchun qonunlar bo‘yicha maslahat beradigan doimiy organ tuziladi. Bu taklif Avstraliyada qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
BBC xabariga ko‘ra, mamlakatda deyarli 50 yildan beri muvaffaqiyatli referendum o‘tkazilmagan. Muvaffaqiyatga erishish uchun avstraliyaliklarning aksariyati «ha» deb ovoz berishi kerak. Shuningdek, Avstraliyaning oltita shtatidan kamida to‘rttasida ham ko‘pchilikning ovozi zarur.
Agar referendum muvaffaqiyatli o‘tsa, «Ovoz» deb nomlangan doimiy organning tarkibi, funksiyalari va vakolatlari parlament tomonidan ishlab chiqiladi. Qayd qilinishicha, uning tavsiyalari majburiy bo‘lmaydi.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz referendumni «mamlakatni birlashtirish va uni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun bir marta beriladigan imkoniyat» deb atadi.
«Ovoz» - tub avstraliyaliklar tomonidan saylangan tub avstraliyaliklar qo‘mitasi bo‘lib, tub aholi uchun yaxshi natijalarga erishish maqsadida hukumatga tavsiyalar beradi. Sizdan... dolzarb g‘oyaga «ha» deyish so‘ralmoqda», dedi u.
Avstraliya o‘zining tub xalqlari bilan hech qachon shartnoma imzolamagan Britaniya hamdo‘stligidagi yagona davlatdir. «Ovoz» - yarashuv yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Mahalliy avstraliyaliklar jamiyatda nomutanosib darajadagi ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va Avstraliya uzoq vaqtdan beri bu muammoni hal qilishga urinmoqda.
«Ovoz»ga qarshi bo‘lgan muxolifat yetakchisi Piter Datton so‘zlariga ko‘ra, loyiha mukammal emas va u avstraliyaliklarni irqiy jihatdan bo‘lib yuborishi mumkin. Ammo, «Yo‘q» kampaniyasi tarafdori bo‘lgan ko‘plab faollar, jumladan Datton ham irqiy ta’qib va dezinformatsiyada ayblangan.
Ular o‘z navbatida, «Ha» kampaniyasini elitaga yon bosish va oddiy avstraliyaliklarning qonuniy tashvishlariga e’tibor bermaslikda ayblamoqda.
Ruhiy salomatlik himoyachilari bahsning shiddati va ohangi tub aholiga zarar yetkazayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Avstraliya oxirgi marta 1999 yilda referendum o‘tkazgan va «respublika bo‘lmaslikka» qaror qilgan edi.
Qayd qilinishicha, Avstraliyadagi 44 ta referendumdan atigi sakkiztasi muvaffaqiyatli o‘tgan - oxirgisi 1977 yilda.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

14:40 / 14.03.2025