Nigerda hokimiyatni egallab olgan harbiy xunta barça xalqaro taşkilotlarning jangovar hududlardagi faoliyatini taqiqladi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi 1 sentabr, juma kuni. Taqiq «hozirgi xavfsizlik holati» tufayli joriy etildi», deyiladi mamlakat Içki işlar vazirligi bayonotida. Çeklovlar milliy nodavlat taşkilotlar (NNT), xalqaro taşkilotlar va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) agentliklari faoliyatiga taalluqlidir. Taqiq qaysi hududlarda qöllanilişini Niger rasmiylari aniqlaştirmadi.
Nigerdagi harbiy töntarişdan söng bir qança mamlakatlar Ğarbiy Afrika davlatiga yordam berişni va rasmiy ikki tomonlama hamkorlikni töxtatdi, deya qayd etadi AFP. BMT taşkilotlari Nigerga insonparvarlik yordamini körsatişda davom etmoqda.
BMT Nigerda humanitar koridor yaratişga çaqirmoqda
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) Nigerda mamlakatda qolib ketgan xorijlik muhojirlarni qaytariş uçun zudlik bilan humanitar koridor taşkil etişga çaqirdi. BMT ma’lumotlariga köra, Nigerda 710 mingdan ortiq qoçqin va içki köçirilganlar bor.
«XMT rasmiylar Nigerda qolib ketgan zaif muhojirlarning öz mamlakatlariga xavfsiz, munosib va ixtiyoriy ravişda qaytişini ta’minlaydigan humanitar koridor yaratişini qat’iy qöllab-quvvatlaydi», dedi XMT mintaqaviy direktori Kristofer Gaskon.
YeI harbiy xuntaga qarşi sanksiyalarni muhokama qilmoqda
Yevropa Ittifoqi Nigerda hokimiyatni egallab olgan harbiy xunta yetakçilariga qarşi sanksiyalar joriy qilmoqçi. Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari yiğilişidan söng: «Biz isyonçilarga qarşi individual sanksiyalar uçun qonuniy asos yaratişga qaror qildik», dedi.
«Sanksiyalar xuntaga qarşi qaratilgan böladi» deya ta’kidlab ötdi Borrel hamda Niger aholisiga bevosita ta’sir qilmaydigan har qanday hamkorlik töxtatilişini qöşimça qildi. Çeklovlar masalasida Yevropa Ittifoqi Ğarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatining (EKOVAS) qarorlariga tayanmoqçi.
Politico naşrining xabar berişiça, EKOVAS taşkiloti Borrelga Nigerdagi harbiy töntariş yetakçilariga qarşi sanksiyalar qöllaşni sörab maktub yöllagan.












