Xitoyning eng ishonchli elektromobillari reytingi tuzildi
Voyah eng kam nuqson uchraydigan avtomobil sifatida birinchi o‘rinni egalladi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/GN3Xvj-ejqhDufkMZ8erP5LPJ1gdUXgV.jpg)
Foto: Voyah
Xitoyning avtomobil sifati tarmog‘i energiya tejovchi transport vositalarini ishlab chiqaradigan eng ishonchli mahalliy brendlar reytingini tuzdi. Ushbu turkumga gibridlar va elektromobillar kiradi.
Reyting 5 ta kategoriya asosida tuzilgan: shikoyatlar va nuqsonlar, nosozlik xavfi, ishonchlilik, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasi.
Birinchi o‘rinni 123 ball to‘plagan Voyah brendi qo‘lga kiritdi. Huawei kompaniyasiga tegishli ARCFOX ikkinchi bo‘ldi. Geely va Mercedes qo‘shma korxonasining Smart brendi uchinchi o‘rinni egalladi.
Eng yaxshi o‘ntalik quyidagicha:
- Voyah
- ARCFOX
- Smart
- AION
- Hycan
- Denza
- Zeekr
- HiPhi
- AITO
- Geely Geometry
Hammasi bo‘lib reytingdan 34 ta brend o‘rin olgan. Ulardan 23 tasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ball to‘plagan.
Eng kam nuqson uchraydigan avtomobillar: Voyah, ARCFOX, Smart, Aion va Hycan. Mijozlardan eng kam shikoyat tushadigan avtomobillar: Denza, Zeekr, HiPhi, AITO, Geely Geometry va Polestar.
Reytingdan Tesla ham joy olgani diqqatga sazovor. Xitoyliklar Ilon Maskning avtomobillarini allaqachon o‘ziniki deb hisoblashadi. Tesla ushbu reytingda atigi 22-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/kXoZTRZiYsZpDZkygDJGEGYfwXS72ymM_medium.jpg)
15:38 / 26.07.2024
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklashni taklif qildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/wJtpFJgmpdFFW1y7QWZp2KT_B8aX842g_medium.jpg)
23:08 / 24.07.2024
Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermasligiga tasdiq bor - Zelenskiy
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/fkren6kWRnQP2YcTmsj5UpYoqU1zWAek_medium.jpg)
21:49 / 24.07.2024
Xitoy TIV Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/kTJX59ThisJQ7ZxL-AzjM3hn31PpTZEb_medium.jpg)
17:17 / 23.07.2024