Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy e’lon qilinmagan tashrif bilan Kanadaga bordi
U parlamentda nutq so‘zlaydi va Kanada bosh vaziri bilan moliyaviy va gumanitar yordamni davom ettirish masalasini muhokama qiladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh safarini yakunlab, e’lon qilinmagan tashrif bilan Kanadaga bordi. U Ottava shahrida mamlakat parlamenti deputatlari oldida nutq so‘zlaydi.
Zelenskiyni parlamentda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutib oldi. Ukraina yetakchisi unga o‘z mamlakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
«To‘liq miqyosli urushning dastlabki kunlaridan telefon qo‘ng‘iroqlari orqali, shuningdek, hukumatingiz va barcha kanadaliklarning haqiqiy harakatlari orqali qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Sizning go‘zal mamlakatingizga rahmat! Ushbu og‘ir davrda ukrainaliklarni qabul qilib, jang maydonida bizga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam berganingiz uchun sizga rahmat aytmoqchiman. Biz bilan bo‘lganingiz, g‘alabamizga yordam berganingiz uchun tashakkur», dedi Zelenskiy.
Tryudo so‘zlariga ko‘ra, Kanada Rossiyaning tajovuzkorligiga qarshi turishda Ukrainani «qat’iy va aniq» qo‘llab-quvvatlaydi.
Ikki davlat rahbarlari Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari va Kanadaning Kiyevga moliyaviy va gumanitar yordamni davom ettirishini muhokama qiladilar.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
10:25 / 09.06.2026