Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil turizm vaziri birinchi marta Saudiya Arabistoniga bordi
Xaim Kats Saudiya Arabistoniga rasman e’lon qilingan tashrif bilan borgan Isroilning birinchi vaziri bo‘ldi.
Foto: Anadolu Agency
Isroil turizm vaziri Xaim Kats Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga bordi.
Kats rasman e’lon qilingan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Isroilning birinchi vaziri bo‘ldi.
Isroil Turizm vazirligining qayd etishicha, ikki kunlik tashrif davomida Kats Yaqin Sharq mamlakatlari rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan oldin Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Isroil va Saudiya Arabistoni «tarixiy tinchlik» yoqasida ekanini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat munosabatlarni normallashtirishga yaqinlashmoqda, bu «mintaqa uchun tinchlik va farovonlikning yangi davrini boshlab beradigan ulkan yutuq» bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
15:42 / 13.02.2026