Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu: Isroil va Saudiya Arabistoni «tarixiy tinchlik» yoqasida
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat munosabatlarni normallashtirishga yaqinlashmoqda, bu «mintaqa uchun tinchlik va farovonlikning yangi davrini boshlab beradigan ulkan yutuq» bo‘ladi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Isroil va Saudiya Arabistoni «tarixiy tinchlik» yoqasida ekanini aytdi.
Bu haqda Netanyahu juma kuni BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat munosabatlarni normallashtirishga yaqinlashmoqda, bu «mintaqa uchun tinchlik va farovonlikning yangi davrini boshlab beradigan ulkan yutuq» bo‘ladi.
Netanyahu arab davlatlari bilan munosabatlarni normallashtirish falastinliklar bilan tinchlikka erishishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
«Ibrohim kelishuvlari», shubhasiz, tinchlikning yangi davriga zamin yaratib berdi. Ammo ishonchim komilki, biz yanada ta’sirchan yutuq – Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tarixiy tinchlik o‘rnatish arafasida turibmiz», — dedi Netanyahu.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026