«Alpomiş» – özbek xalq oğzaki ijodining bebaho durdonasi. Mard, tanti yigitlarimizni Alpomişga mengzaymiz. Uning raqibi Ultontoz esa pastkaş, sotqin va razil kimsa. Alpomişning öziga bas kelolmaydi-yu, ammo u yöqligidan foydalanib istagan pastkaşligini amalga oşiraveradi. Işi – makr, ayyorlik!

«Ulton» sözi «Özbek tilining izohli luğati»da tagçarm ma’nosini bildirişi qayd etilgan. Yana bir qança manbalarda uning «manqurt» ma’nosiga ham duç kelamiz. Umuman olganda, birinçi ma’no «Alpomiş» dostonidagi Ultontozning fe’l-atvoriga juda mos. Ultontozdek pastkaş, yaramas insonlar har doim, har zamonda mavjud bölib kelgan.

«Ultontoz» romani voqealari ham Asqartoğ, Murodtepa singari dostonda tilga olingan joylarda bölib ötadi. Bunda ham öziga xos ramziylik bor. Asarda ikki davr, ikki avlod töğrisida gap boradi. Birinçi davr amirlik zamoni tugatilib, mustamlakaçilar endi kirib kelgan, xalqni ham özlariga köniktira boşlagan, Qulli Çiltanov, Asranqul Ovulov, Kafilbek, Bektemir Jovmayev, Begona Özbekovna, Qaynar kabilarni öz tomoniga oğdirib, siyosatlarini aynan şu şaxslar orqali yuritadi. Bu judayam puxta öylangan reja edi. Ya’ni boltaning sopini özidan çiqariş...

Qaynar Umar yuzboşining qizi bölib, otasi vafotidan söng qizillar hukumatiga xizmat qila boşlaydi. Uning akasi Kuraş esa aksinça, bu hukumatni duşman sanab, qarşi kuraşadi. Kuraş va uning safdoşlari yengilgaç Afğonistonga çekinişga majbur böladi. Çunki mustamlakaçilar xalqni içdan yemirib ulgurgan, otani bolaga, akani ukaga qarşi qayrab, duşmanga aylantirgandi. 

Qaynar aholini dinsizlaştiriş, boylarni qölga tuşiriş siyosatiga boşçilik qiladi. Ammo doim dilida qilayotgan işidan ikkilaniş, arosat ğavğo kötarib qolardi. U uç bor turmuş quradi, ammo hayoti heç öxşamaydi. Öşa payt hukumatga sodiqligini bildiriş maqsadida öğliga ham Revo deya ism qöyadi. Qaynar va uning kasbdoşlari dinga va boylarga qarşi kuraşiş yölida köp şafqatsizliklar qiladi, ançagina odamlarning hayotiga zomin böladi. 

Begona Özbekovna aholi tomonidan quloq-burni kesilib, vafot etadi, masjidning buzilişida boş bölgan Asranqul Ovulov toşböron qilinadi, Kafilbekni «börilar» yeb ketadi, Qaynar esa davr almaşgan sari qadrsizlaşadi. U makkor, buqalamun hukumatning oğusiga uçganidan afsuslanadi. Akasi Kuraş, Oytuvğan, Yomğir singari elning asl farzandlari çet ellarda vatani ozodligi uçun harakat qilib, Ultontozlar qoçgaç qaytib keladi. Qaynar akasidan keçirim söraydi. Musofirlar vatanining tuproğiga qadam qöyib, tuğilib ösgan yerlarini ziyorat qilib, xotirjam vafot etadi...

Kitobning ikkinçi qismida endi qahramonlar birinçi avlodning davomçilari: Köçkin Asranquloviç, Bodom Zamonovna, Baraka Böron, Yovqoçdi singari hukumat dastaklari. Ularning faoliyatlari birinçi avlodnikiçalik qiyin va xavfli bölmaydi. Çunki xalq ham mustamlakaçi hukumatning siyosatiga ança moslaşib yuvoşlaşgan, qöpol qilib aytganda, «qöy»laşgandi. Ikkinçi davrda xudosizlikka va Lenin hamda Stalinni doxiylaştirişga, til, yozuv masalalariga köproq urğu berilgan.