«Böş xonaga ortingizdan kirsam, sizni topolmaslikdan qörqaman» – «Teatr» romani haqida
|23:36 / 29.09.202323 19512 min
«Hayot bu - teatr, undagi odamlar - aktyorlar» degan edi Vilyam Şekspir. Hamma davrning öz maşhur va mohir aktyor-aktrisalari böladi. Bu kasb egalarining maşaqqatlari özlarigagina yaxşi ma’lum. Rollariga kirişib, qahramonlar his-tuyğularini boşdan keçirişi, obrazlarning iztiroblarini, şodliklarini özinikidek körsatib beriş sirayam oson emas.
Aslida Şekspir aytganidek, yaşab turgan hayotimizning özi ham katta teatr, sahna. Taqdir atalmiş ssenariy asosida harakatlanuvçi aktyor yoki aktrisalarmiz. Yaşaş davomida bizda mavjud bölgan niqoblarimizni tez-tez almaştiramiz, rollarimizni imkon qadar mahorat bilan öynaşga tirişamiz. Lekin bir narsa: ijobiy yoki salbiy rolni tanlaş öz qölimizda. Taniqli yozuvçi Somerset Moem özining «Teatr» nomli asarida sahna va hayotdagi aktyor-aktrisalarning farqini yaqqol körsatib bergan.
Syujyet:
Asar Juliya ismli aktrisa haqida bölib, u yoşligidan aktrisa bölişni orzu qiladi. 12 yoşidan yaxşi ustozlardan bu san’at sirlarini örganişga harakat qiladi. Mehnatlari albatta öz natijasini körsatmay qolmaydi. Avvaliga mahalliy teatrlarda rol ijro etib yuradi va keyinroq Jimmi Lengton ismli maşhur rejissyordan işga taklif tuşadi. Juliya rozi böladi. Jimmining teatri Juliyaning şon-şuhratga töla kelajak hayoti uçun bir tajriba maktabi böldi. Qiz bu teatrda Maykl ismli kelişgan, barvasta aktyor yigit bilan döstlaşadi. Uni telbalarça sevib qoladi. Ammo Maykl özining körkamligini bilar, şuning uçun ham mağrurlanib, barça qizlarga mensimay qarardi. Uning fikr-xayoli boyib ketiş, özining xususiy teatrini oçiş edi. Buning uçun esa öta ziqnalik bilan pul yiğa boşlaydi.
Maykl Juliya har qança işora qilsa-da qizning sevgisiga e’tibor bermaydi. Ammo bir kuni Juliyaning sahnadagi rolini körib lol qoladi. U şunday mahorat bilan ijro etayotgandiki, Maykl buni körib közyoşlarini tiyolmay qoladi. Juliya kelajakda maşhur aktrisa bölib ketişi aniqligiga işonç hosil qiladi va qizning qölini söraydi. Ular turmuş qurişadi. Juliya Mayklni qattiq sevardi va undan e’tibor talab etardi. Mayklning sovuqqonligi, xotiniga köpam vaqt ajratmasligi, xayoli faqat raqamlar bilan band ekanligi ayolning toqatini toq qilardi. Bora-bora Juliyaning eriga otaşin hislari sönib bordi, örtada Rojyer ismi bir farzand va özaro hurmatdan boşqasi qolmaydi.
Maykl sezganidek Juliya tez orada katta şuhrat qozonadi. Ular Londonga kelib, xususiy teatrlarini ham oçadi, Maykl orzu qilgandek boy ham bölib ketadi. Juliya 40 yoşdan oşganda ularning hayotiga Tom ismli yigitça kirib keladi. U Maykllar teatriga oddiy hisobçi bölib tayinlangandi. Tom Juliyaga turli xil gullar, sovğalar jönatib, uning e’tiborini tortadi. Hatto öz ijara uyiga taklif qilişga-da jur’at etadi.
Bu jur’ati Juliyani qiziqtirib qöygan va ayol borişga ahd qilgandi. Yigitça ijara uyida yolğiz yaşarkan. Biroz muddat mehmon bölgaç Juliya qaytişga çoğlanadi. Ammo Tom katta jasorat bilan ayolga taşlanadi. Juliya ham avval hayron, keyin taslim böladi...
Tom bilan Juliyaning oşiq-ma’şuqliklari ançagaça davom etadi. Ayol öğli tengi yigitçaga şu qadar örganib qolgandiki, uni bir kun körmasa turolmasdi. Öşa davr fransuz jamiyatida ayollarning öynaş orttirişi oddiy holat sifatida qabul qilinardi. Ammo Juliya qirqdan oşgungaça bunday gap-sözlardan xoli edi. Biroq endi Tom ikkisi haqida har xil ğiybatlar ğimirlab qolgandi.
Mavzuga oid
Bir kuni kutilmaganda Tom Evis Krayton haqida gapirib qoladi. Bu qizning orzusi aktrisa böliş ekanini aytib, Juliyadan işga qabul qilişini, qizga ustoz bölişini iltimos qiladi. Juliya rozi böladi. Evis Juliyalarning teatrida işlay boşlaydi. Tez orada Juliya Tom bu havaskor aktrisani sevib qolganini anglaydi. U raşkdan qattiq iztirobga tuşadi. Özini qöyişga joy topolmaydi. Öziga ta’til beriş maqsadida qişloqqa, xolasi va onasining uyiga ketib qoladi. U yoqdan ança dam olib, yengillab qaytadi.
Bu orada öğli Rojyer Venadan uyga keladi. Ona-bola suhbatlaşib ötirgan çoğda Rojyer onasiga öz fikr-mulohazalarini tökib soladi. Ota-onasini öziga nisbatan bemehrlikda ayblaydi. Juliyaga: «Şaxs sifatida mavjudmassiz. Har bir aytgan gapingizda, har qilgan harakatingizda rol öynaysiz. Agar böş xonaga ortingizdan yugurib kirsam, sizni topolmay qolişdan qörqaman», deb aytadi.
Öğlining bunday gaplari Juliyani sarosimaga solib qöyadi. Endi u öğlining gaplarini hazm qilişga urinib, özini tinmay tahlil qila boşlaydi. Bu orada katta bir pesa premerasi böladi. Unda doimgidek Juliya boş rolda edi. Şuningdek, bu pesadan Evis uçun ham muhim rol ajratilgandi. Bu qiz bilan Maykl alohida şuğullangan, endi uning kelajakdagi karerasini uşbu premeradagi çiqişi hal qilardi. Ammo bu çiqişni Juliya mohirlik va makkorlik bilan rasvo qiladi. Şu bilan Evisning ham, Mayklning ham butun rejalari çippakka çiqadi. Evisning muvaffaqiyatsizligini körgan Tom qizni taşlab, yana Juliyaga qaytadi. Ammo bu alfons yigitça endi Juliyaga kerak emasdi...
Premeradan söng Juliya hamma narsadan özini ozod his qilib, eng odmi kiyimlarini kiygança ovqatlaniş uçun yolğiz restoranga boradi. Özining ön yillardan beri yeyişdan tiyib yurgan ovqatlarini buyuradi. Mazza qilib ovqatlanadi va tuşunib yetadiki, bu hayotda hamma rol öynab yaşaydi. Faqatgina özi hayotda ham, sahnada ham bir xil Juliya bölib yaşay olibdi...
Tahlil:
Juliya özining barça yutuqlariga omad, iste’doddan ham köra köproq mehnat bilan erişgandi. U kiborlar jamiyati içida böla turib aslzodalardan nafratlanardi. Çunki ularning deyarli hammasi bu darajaga juda osonlik bilan erişgandi: şunçaki aslzoda bölib tuğilgandi. Şuning uçun zodagonlarning aksariyati takasaltang, mijğov va tanbal edi. Juliya esa oliy tabaqa bölgunga qadar ozmunça tirişib, harakat qilmadi. 12 yoşidan yaxşi ustozlar bilan tinmay harakat qildi. Maqsadi sari intildi. Öz ustida işlaşdan töxtamadi. Bu bilan esa inson qattiq xohlagan narsasiga köp mehnat bilan erişsa bölişini isbotladi.
Mayklga bölgan tuyğulari ham juda beğubor va samimiy edi. Ammo Maykl bu tuyğularni qadrlay oladigan, his qiloladigan va şunga yaraşa javob qaytaroladigan darajada jöşqin qalbli emasdi. Umuman olganda, Maykl yomon inson emas. Körkam, işbilarmon, köngilçan. Ammo Juliyadek yonib yaşovçi, ehtirosli ayol uçun bu yetarli emasdi. Aksariyat ayollar e’tibor, otaşin muhabbat, olov qalb istaşadi. Maykl esa sovuqqon va vazmin edi. Şu sababdan ham bora-bora Juliyaning qaynoq tuyğulari eriga nisbatan sovuqlaşib bordi.
Tomga kelsak, bu bolakay kiborlar jamiyatiga ayollar orqali kirib borişga muttasil urinardi. Navbatdagi öljasi Juliya edi. Özining ğayritabiiy jasorati, jöşqinligi bilan uning qalbini zabt etgandi. Şunday maşhur aktrisani hammayam ijara uyiga taklif qilib, unga tegajoğlik qilolmasdi-da, axir. Aslida, ayollarga surbet va tavakkalçi erkaklar köproq yoqişi ham sir emas...
Tom Juliyadan yetarliça foydalana oldi. Öziga yaraşa obro‘ orttirdi, kiborlar jamiyatiga yaqinlaşdi, moddiy mablağlarning turli körinişlariga ham erişdi. Endi navbatdagi öljani izlaşga tuşdi. Şu payt Evis uning hayotiga kirib kelib qoldi. Tom Juliya orqali Evisga iş olib berib, qizni maşhur qiliş va butun umr maşhur aktrisaning turmuş örtoği böliş rejasini tuza boşladi. Maşhur bölişni orzu qilib yurgan Evis uçun ham Tomdek «homiy» yoqib tuşgandi. Bu qiz ham ayni paytda aktrisa böliş uçun har qanday narsa va harakatga tayyor edi: Tomga ma’şuqa bölişga, Juliyaga yaltoqlanişga, Mayklning suyulişlariga çidaş berişga va bu «qari eşak»ni körkamligini tinmay ta’kidlaşga...
Tomning Evisga munosabatini va öziga bölgan befarqligini sezgaç Juliya qattiq siqildi. Uni ham raşk, ham ğururi örtardi. Özini ojiz sezayotganidan ğijinardi. Ammo bu holat bir-ikki oyda ötib ketdi. Juliyadek mağrur va irodali ayol köpam oh-voh qilib yurolmasdi. Endi u Tomni körsa, u haqida eşitsa heç narsani his qilmay qöydi. Ammo özini öyin qilişgani uçun bu bolakaylarning boplab ta’zirini berib qöyişni köngliga tuggandi. Şunday böldiyam. Öta mohirlik bilan Evisning aktrisalik böyiça kelajakdagi butun karerasini barbod qildi, şu bilan birgalikda, Tomning ham rejalarini yöqqa çiqardi. Bu Juliyaning öziga xos intiqomi edi.
Asarda Rojyer va Juliyaning özaro suhbatlari asosiy örin egallaydi. Bola yoşligida onasining sahnadagi qaysidir çiqişini köradi va qattiq ta’sirlanadi. Öşanda Juliya şu qadar ta’sirli rol ijro etgandiki, tomoşabinlarning yiğlamagani qolmagandi. Pardalar tuşirilgaç Rojyer onasining yoniga yuguradi. Bu vaqtda onasi heç narsa bölmagandek, hozir sahnada hammani ta’sirlantirmagandek kulişib, kimlar bilandir suhbatlaşib turganini köradi. Şundan beri onasi köziga ikkiyuzlamaçi, hayotda ham, teatrda ham rol öynovçi soxtakor körina boşladi.
Rojyerning ota-onasidan, asosan, onasidan xafa bölişida jon bor edi. Çunki ota-ona mehri, e’tibori bola uçun judayam muhim. Ota-onadan mehr körib ösgan farzand ota-onasiga ham mehribon böladi. Rojyer esini tanibdiki, Juliyaning fikr-xayoli teatrda, Mayklniki boylikda. Bola öz holiça katta böldi, dunyoqaraşini, şaxsiy fikrlarini ota-ona kömagisiz mustaqil şakllantirdi. Ammo Rojyer onasini soxtakor aktrisa deb adaşgandi.
Şunday insonlar böladiki, kasbining haqiqiy mutaxassisi hisoblanadi. Ular öz faoliyatlarni qattiq sevganidan boşqa narsalarga unçalik ham vaqt ajratolmaydi, ahamiyat bermaydi. Juliya şundaylar toifasidan edi. Har qanday rohatbaxş joydan köra teatrni ustun qöyardi. Grimxonasida uydagidan ham köra köproq erkin his qilardi özini. Hayotiy taşvişlarini sahnada, repetitsiyada butkul unutardi. U kasbini sevardi. Şaxsiy hayotini-da unutardi işida.
Juliya soxtakormas edi. Mayklni aktyor desa böladi. Juliyaning kelajagi porloq bölişiga işonç hosil qilgaçgina unga uylandi. Ungaça qizning muhabbatini nazarga ilmadi. Tomni aktyor desa böladi. Obro‘ uçun Juliyaga yaqinlaşdi, keyin esa Evisni közladi. Evis rejasi barbod bölgaç yana Juliyaga qaytdi. Evis ham aktrisa. Maşhur böliş uçun nimalar qilmadi. Birgina Juliya heç kimni aldamadi, heç kimga yaltoqlanmadi. Nimagaki erişgan bölsa, öz kuçi, mehnatlari bilan erişdi.
Hayotda har qadamda rolini mahorat bilan ijro etuvçilarni uçratamiz. Har birimiz istab-istamay rolga kirişamiz. Ammo bir narsani unutmasligimiz kerakki, öz manfaatimiz, maqsadlarimiz uçun kimnidir aldaşga, tuyğulari bilan öynaşişga haqqimiz yöq. Mavlono Jaloliddin Rumiyning maşhur gapi bor: «Asling kabi körin. Yoki köringaning kabi böl…”
Gulasal Qodirova, kitobxon Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi