Özbekistonning eksklav hududi hisoblangan Çönğara qişloğida asosan qirğiz millatiga mansub fuqarolar istiqomat qiladi. Sölim qişloq aholisi asosan şoli yetiştiriş bilan şuğullanadi. Rustam aka Madiyorov esini tanibdiki yerga şoli uruği qadaydi. Ota-bobolari ham dehqonçilik bilan şuğullangan. Kun.uz muxbiri dehqonning uyida mehmon bölib kunlik faoliyati bilan tanişdi.

Çönğara Söx daryosi sohilining öng tomonida joylaşgan. Aholisi soni 1 641 nafar. Qişloqning umumiy maydoni esa 261 gektar. Şundan 160 gektar yer maydoniga şoli ekiladi.

Çönğaraga boriş uçun Rişton tumanidagi çegara post hamda qöşni Qirğizistonning Qaytpas davlat çegara postlaridan ötasiz. Guruçi bilan maşhur qişloq Rişton tumani markazidan 27 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Çegara nazorati postlaridan ötib olgaç Çönğara qişloği tomon yöl oldik.

Qişloqdan Söx daryosi oqib ötadi. Şolilar aynan şu daryodan qonib-qonib suv içadi.

Rustam akaning toğ yonbağriga ekkan şolisi pişib qolgan. Hosilini yiğişga tuşibdi. Dehqon har yili guruçning jaydari, lazer, alanga, elita kabi navlaridan ekib yaxşigina daromad oladi.

“Çönğara deganda eng avvalo guruç tuşuniladi. Sababi bu yerda hamma şoli ekadi. Ertalab vaqtli turib şolining suviga qaraymiz, mollarga öt öramiz. 4 ta farzandim bor, 3 qiz, 1 öğil, hammasini uyli-joyli qilganman. Qizlarim turmuşga çiqqan, öğlim uylangan.

Rustam aka Madiyorov, dehqon

Qişloğimizda qirğiz millatiga mansub aholi yaşaydi, özbeklar ham bor. Ota-bobomiz şoli yetiştirgan. Esimni tanigandan beri şolipoya içidaman.

Erta bahor yer haydab, şoli ekamiz. Ekilgandan keyin 15 kun ötib begona ötga qarşi dori sepib, keyin öğitlaymiz. Keyin esa maydonga suvni qöyib yuboramiz. Har 11 kunda sotixiga 1 kgdan dori soçamiz. Boşoq çiqara boşlagaç, dori yana ham köproq sepiladi.