Jahon | 09:58 / 05.10.2023
6151
2 daqiqa o‘qiladi

Aliyev va Erdo‘g‘an Pashinyan bilan uchrashish uchun Granadaga bormaydi

Ozarboyjon va Turkiya prezidentlari Granadada Armaniston bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi. Boku Parijni «buzg‘unchi pozitsiyada» ayblamoqda.

Foto: tccb.gov.tr

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa Ittifoqi sammiti doirasida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Ispaniyaning Granada shahriga borishdan bosh tortdi. APA Ozarboyjon davlat axborot agentligining 4 oktyabr, chorshanba kuni xabar berishicha, bunga Turkiya, Ozarboyjon talab qilganidek, Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan birga muzokaralarda qatnashmasligi sabab bo‘lgan.

Shu bilan birga, Boku Fransiyani «buzg‘unchi pozitsiyada» ayblab, «fransuz rasmiylarining armanparast bayonotlari», Fransiya tashqi ishlar vazirining Armanistonga tashrifi hamda Parij va Yerevan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka ishora qildi.

Erdo‘g‘anning tashrifi bekor qilingani haqida rasmiy xabar berilmagan

Bloomberg va turk matbuoti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham Pashinyan va Aliyev o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Granadadagi YeI sammitiga bormasligini tasdiqladi. Aydınlık gazetasining yozishicha, Erdo‘g‘an Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Ispaniyaga taklif qilingan, biroq tashrif bekor bo‘lgan. Nashrning qayd etishicha, buning sababi haqida rasmiy bayonot berilmagan.

YeI, Armaniston va Ozarboyjon vakillarining Granadadagi uchrashuvida Bokuning Qorabog‘ hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish bo‘yicha harbiy amaliyotidan keyingi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan edi. 

Mavzuga oid