Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga bordi
6 oktyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazadi.
Rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga bordi.

Rossiya poytaxtining “Vnukovo-2” aeroportida davlat rahbarini Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Rossiya davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 6 oktyabr kuni ikki mamlakat yetakchilari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.


Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-humanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda har tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan ham muzokara o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026