O‘zbekiston | 23:41 / 10.10.2023
9070
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxonada gumonlanuvchi ruhiy va jismoniy qiynoqqa solingani rad etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Facebook/uzombudsman

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati bojxonasida gumonlanuvchi ruhiy va jismoniy qiynoqqa solingani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi buni rad qildi.

Qayd qilinishicha, 3 oktyabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijada, fuqaro E.E va uning boshqa jinoiy sheriklari Yunusobod tumanidagi turli hududlarga giyohvandlik vositalarini kichik bo‘laklarga ajratgan holda yashirib joylashtirgan vaqtida, og‘irligi 24,05 gramm giyohvandlik moddasi bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan ish hujjatlar tergov organlariga yuborilgan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida yoki hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida fuqaro E.E. va boshqalarga nisbatan hech qanday ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilmagan hamda maxsus vosita-elektroshoker bojxona organlari hisobida mavjud emas.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid