Uçtepa tumanidagi Rayyan Kids boğçasiga berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilişga oid huquqiy ta’sir çorasini qöllaş töğrisidagi arizasi körib çiqilgan. 

Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan oilaviy korxonaga nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatiş faoliyatini amalga  oşiriş uçun 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilingan. Raislik qiluvçi tomonidan sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan şikoyat qiliş tartibi va muddatlari tuşuntirilgan.

Şuningdek, Kun.uz’ning aniqlaşiça, Rayyan Kids boğçasi tarbiyaçisi G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. JIB Uçtepa tuman sudining 2026 yil 3 iyuldagi ajrimi bilan unga uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Avvalroq uşbu boğça tarbiyaçisi bolalarni turli xil usullarda qiynab kelgani aniqlangandi. U hatto yiğlayotgan bola oğziga latta tiqib, uni qiynagan. Kun.uz’ga intervyu bergan ota-onalar boğçada hatto bolalarga igna sançib qiynaşganini aytgandi.