15 ta faktni tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab etish bekor qilinadi
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

«Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Jumladan, loyihada diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar kabi 15 ta faktni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlar talab etishni bekor qilish belgilanmoqda.
Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilindi.
— Fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yengillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda, — dedi fraksiya a’zosi Nosirjon Aminov. — Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar natijasida elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishida so‘rash, ishni tashkil etish uchun muhim bo‘lmagan hujjatlarni talab etish bekor qilindi.
Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan tartiblar davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Yig‘ilishda deputatlar mazkur qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va fikr-mulohazalarni bildirdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 11:29
-
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
Iqtisodiyot | 11:19
-
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
Jahon | 11:09
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

14:05 / 10.03.2025
Davlat xizmatlarini tuman kesimida baholash tizimi – bu odamlarga nima beradi?

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

12:09 / 20.02.2025
Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ma’qulladi

12:38 / 24.12.2024