«Mançester Yunayted» nafaqat mavsum boşida işonçni oqlamadi, balki bir qator körsatkiçlar böyiça uzoq yillik antirekordlarni qayd etib taşladi. Göyoki öziga mos bölgan murabbiyni topgan, ötgan mavsumni ança yaxşi ötkazib, yozda yana bir qator e’tiborli xaridlarni amalga oşirgan klub uçun mutlaqo kutilmagan holat. Ammo tabiiyki, «har bir baxtsiz oila öz sabablariga köra baxtsiz bölganidek», «Yunayted»ning bugungi ahvoliga ham juda köp izohlar topsa böladi. Muhimi, uşbu muammolarni öz xarakteriga köra baholab, ajratib olişdan iborat.

Keling, avval, «Mançester Yunayted»dagi muammolarni uç toifaga ajratib olaylik. Albatta, bu toifalar ayrim nuqtalarda kesişib, bir-birining oqibatlarini oğirlaştirsa-da, bu tariqa baholaş bugungi holat çuqurligi va muddati haqida aniqroq tasavvurga ega bölinadi, keyingi voqealardagi kutilmaganlik faktori birmunça kamaytiriladi.

Qisqa muddatli muammo. Jarohatlar va ayrim futbolçilarning sport formasi

Tan oliş kerak, atigi ikki oylik muddatda «MYu»dagi jarohatlar anomal darajada köp. Tasavvur qiling, bir paytning özida jamoaning ikki nafar çap qanot himoyaçisi, söng, bu pozitsiyani vaqtinçalik yopiş uçun olib kelingan uçinçi futbolçi ham jarohat olgan. Bu qanotda öynaş amaliyotiga ega bölgan öng qanot himoyaçisi (Dalot) tomonidan masalani yeçiş ham imkonsiz, çunki uning qanotida örnini yopişi mumkin bölgan futbolçi Aaron Uan-Bissaka ham jarohatlangan.

Yozda transfer qilingan Hoylund va Amrabat jarohat bilan keldi, yozda yiğinlarda qatnaşib, yangi jamoaga kirişib ketişi lozim bölgan Maunt eng muhim pallada bir oyga safdan çiqdi. Şuningdek, sanalganlardan taşqari, asosiy himoyaçilar – Martines va Şou uzoq muddatga lazaretga ketişdi, Maktominey va Varan ham bir qator uçraşuvlarni ötkazib yuborişga ulgurdi, Kobi Maynu va Amad mavsum boşlanmasdan jarohat oldi.

Endi bunga futbol taşqarisidagi muammolari tufayli Antoni hamda murabbiy bilan kelişmovçilik tufayli Sanço tarkibdan çetda qolganini ham qöşamiz.

Bundan taşqari, ötgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarda asosiy rolni bajargan ikki futbolçi – Kazemiro va Reşford yomon sport formasida ekani ham ta’sir qilmoqda. Natijada ten Hag 10 uçraşuvda ön xil boşlanğiç tarkib tuşirişga majbur böldi, qolaversa, biror çiziqda (himoya, yarimhimoya, hujum) ham ikki öyinda bir xil nomlar maydonga tuşiriş imkoniyatiga ega bölmadi. Jamoa APLda jarohatlar soni böyiça uçinçi örinda, maydonga tuşirilgan futbolçilar soni (25) böyiça esa birinçi örinda qayd etilgan.