Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki Toshkentda vakolatxonasini ochadi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Lyuksemburgda Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya bilan muzokara o‘tkazdi.
«Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, kelgusidagi hamkorlik yuzasidan makroiqtisodiy farovonlikdan tortib yashil energetikagacha bo‘lgan ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda muloqot bo‘lib o‘tgan.
«Yevropa investitsiya banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini qadrlaymiz va uning Toshkentda vakolatxonasi ochilishini olqishlaymiz», – deydi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
15:50
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026