Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada Rossiya ommaviy axborot vositalarining 22 sayti bloklandi
Moldova provayderlari VGTRK, RT va boshqa bir qator davlat ommaviy axborot vositalarining veb-saytlarini «darhol bloklash» buyrug‘ini oldi.
Moldova Xavfsizlik va axborot xizmati (XAX) Rossiya ommaviy axborot vositalarining 22 internet saytiga kirishni cheklashga qaror qildi. Bu haqda 24 oktyabr, seshanba kuni mahkama saytida e’lon qilingan press-relizda aytiladi.
XAX kirishni to‘sib qo‘yishga sabab «harbiy mojaroda bo‘lgan va tajovuzkor davlat sifatida tan olingan mamlakatning davlat organlaridan chiqqan» ma’lumotlarning ushbu manbalar tomonidan tarqatilishi ekanini ta’kidladi.
Idora allaqachon Moldova provayderlariga VGTRK, NTV, RT, Birinchi kanal, TVs, Ren-TV va Rossiyaning boshqa bir qator davlat ommaviy axborot vositalari veb-saytlarini «darhol bloklash» to‘g‘risida buyruq yuborgan.
2023 yilning bahorida Moldovada Sputnik agentligining beshta veb-saytiga kirish taqiqlangan edi. U noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda ayblangan.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026