Samarqandda is gazidan uch kishi vafot etdi
Vafot etganlarning biri 53 yoshli ayol, ikki nafari esa voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanib uch kishi vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 15 oktyabr kuni Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahallasida joylashgan dalahovlida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, vafot etganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalar, 9 yoshli qiz (4-sinf o‘quvchisi) va 3 yoshli o‘g‘il bola bo‘lgan. Yana 53 yoshli ayol ham olamdan o‘tgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibining xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yilda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 90 dan ortiq holat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga va nostandart yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.
Is gazi bilan zaharlanishga turli sabablar keltiriladi. Birida mo‘risi tozalanmagan pechka, boshqasida esa ogohlantirmasdan o‘chirib yoqilgan tabiiy gaz, boshqasida qo‘lbola isitish pechlaridan foydalanish sabab bo‘ladi.
Avvalroq Farg‘onada ikki kishi, Jizzax va Qashqadaryoda to‘rt kishi, Samarqandda oila qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov, Namanganda 8 yashar bola is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
Mavzuga oid
16:46 / 19.01.2025
Samarqand viloyatida elektr ta’minotiga noqonuniy ulanganlar fosh etildi
13:22 / 19.01.2025
Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati binosida “Samarqand burchagi” tashkil etildi
10:57 / 19.01.2025
Samarqandda mashina boshqargan o‘quvchi odam o‘limiga sabab bo‘ldi
21:21 / 17.01.2025