Farğona şahri Ahmad Yassaviy köçasidagi xonadonda 26 dekabr kuni noma’lum moddadan zaharlaniş oqibatida 2 yigit halok böldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanişiça, şahar içki işlar organi faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimiga B.E. xonadonida tanişlari A.A. va X.M. bilan birgalikda noma’lum moddadan zaharlangani, ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etgani, fuqaro X.M. esa oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Mazkur xabarga asosan hodisa joyi şahar prokurori rahbarligida sud tibbiy ekspertiza bölimi eksperti, tezkor-tergov guruhi, FVB Farğona şahri bölimi, SEO va JŞ şahar bölimi va “Hududgaz Farğona” şahar bölimi xodimlaridan iborat mutaxassislar iştirokida krimtexnika vositalari yordamida közdan keçirilgan.
Jasadlar közdan keçirilganida, ularda taşqi tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan. Tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra, fuqarolar B.E. va A.A.ning is gazidan zaharlanib vafot etgani holati böyiça prokuratura tomonidan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatiş rad etiş haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning qonuniyligi örganilib bekor qilingan va hozirda qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
- Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2022 yilda is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 90 dan ortiq holat sodir bölgan. Buning oqibatida 146 kişi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. Içki işlar vazirligi fuqarolarni kömir, ötin, neft mahsulotlari va boşqa turdagi yoqilğidan foydalanişda xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya qilişga va nostandart yoki sertifikatga ega bölmagan isitiş peçlaridan foydalanmaslikka çaqirgan.












