Namangan viloyatining Çust tumanida 8 yoşli bola vafot etdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 8 yanvar kuni soat 11:22 da Çust tumani tibbiyot birlaşmasining bergan ma’lumotiga asosan Çust tumani «Yorqişloq» mahalla fuqarolar yiğini hududidagi xonadonlarning birida ota-onasi qaramoğida yaşagan 2014 yilda tuğilgan bola va uning 2019 yilda tuğilgan ukasi soğliği yomonlaşgani sababli uyidan tuman tibbiyot xodimlari tomonidan şifoxonaga olib kelingan.

2014 yilda tuğilgan bolaga tuman tibbiyot birlaşmasida birinçi yordam körsatilişiga qaramasdan vafot etgan.

Ayni paytda ölim sababi aniqlanmoqda. Yakuniy xulosa sud-tibbiy ekspertizasi xulosasidan söng beriladi.

Hozirda sodir bölgan holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitiş maqsadida gaz, elektr, kömir, ötin va boşqa yoqilğilardan foydalanişda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Namanganda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilgan 3 yoşli bola vafot etgani xabar qilingandi.