Xalqaro konferensiyada sun’iy intellekt bilan ishlash asoslari kelishib olindi
BMT bosh kotibi Guterrish Britaniyada o‘tkazilgan sun’iy intellekt bo‘yicha konferensiyada ushbu texnologiya bilan ishlashni tartibga solishda inson huquqlarini ko‘rsatma sifatida asos qilib olishga chaqirdi.
Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari xavfsiz, insonga yo‘naltirilgan, ishonchli va mas’uliyatli tarzda ishlab chiqilishi, joriy etilishi va ishlatilishi kerak. Bu Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya, Xitoy va sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xalqaro konferensiyaning boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolangan «Blechli deklaratsiyasi»ning asosiy qoidasidir. Tadbir Britaniyaning Milton-Kins shahri 2 noyabr, payshanba kuni yakunlandi.
30 ga yaqin forum ishtirokchilari orasida nafaqat davlatlar va tashkilotlar, balki yirik IT-konsernlari vakillari, jumladan ChatGPT yaratuvchisi Open AI kompaniyasi hamda Google’ning DeepMind shu’ba kompaniyasi menejyerlari, shuningdek, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ham bor edi. Mask Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazdi.
SI konferensiyasidagi asosiy natija
Konferensiyaning muhim natijalaridan biri SI xavfsizligi bo‘yicha Britaniya-Amerika institutining tashkil etilishi bo‘ldi, uning vazifasi yangi dasturlarni ulardan foydalanishdan oldin sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Sunak AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris va yetakchi texnologiya kompaniyalari bilan shunday institut yaratish bo‘yicha kelishib oldi, deya ma’lum qildi Britaniya bosh vaziri idorasi 2 noyabr kuni jurnalistlarga.
SI xavfi
Shu bilan birga, sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar ishtirokchilari, jumladan Kamala Xarris, Rishi Sunak, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanishga aloqador xavflarni muhokama qildi.
Guterrish BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini sun’iy intellekt bilan ishlashni tartibga solish asosiga aylantirishga chaqirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanish sohasida rivojlanishni quvib o‘tirmaslik, «to‘lqindan oldinga chiqish» kerak. Aks holda, sun’iy intellekt «jinoyatchilar yoki hatto yovuz niyatli terrorchilar tomonidan qo‘llanishi» xavfi ortadi, deya ogohlantirdi u.
Shu bilan birga, Guterrish sun’iy intellekt texnologiyalarini butun dunyo bo‘ylab taqdim etishga chaqirdi. Aks holda, u allaqachon dunyoni qamrab olgan «katta tengsizliklarni» yanada kuchaytirishi mumkin, dedi u.
Keyingi SI konferensiyasi olti oydan so‘ng Janubiy Koreyada, undan keyin esa Fransiyada bo‘lib o‘tishi kerak.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 19:52
-
Saida Mirziyoyeva va O‘g‘iljahon Atabayeva Samarqanddagi inklyuziv ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:42
-
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi
O‘zbekiston | 19:19
-
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi
Jamiyat | 18:55
Mavzuga oid

20:23 / 14.02.2025
Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiya boshlanmoqda

12:55 / 09.12.2024
Toshkentda islom tadqiqotlari bo‘yicha Oksford markazi yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

12:33 / 23.11.2024
COP29 iqlim konferensiyasi hafta oxirigacha cho‘zilishi mumkin

15:42 / 30.10.2024